O‘zbekiston Milliy universitetining xor, teatr va orkestr jamoalari

O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va ma’naviy dunyosini boyitishga alohida e’tibor qaratiladi. Bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan xor, teatr va orkestr jamoalari universitet madaniy hayotining ajralmas qismi hisoblanadi.

Teatr studiyasi

Talabalarning sahna mahoratini oshirish, nutq va aktyorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Har yili teatr studiyasi tomonidan milliy va xorijiy dramaturglar asarlari asosida spektakllar sahnalashtiriladi, ular nafaqat universitet, balki boshqa muassasalarda ham namoyish etiladi.

“Dorilfunun” musiqa va raqs ansambli

O‘zbekiston Milliy universitetida “Dorilfunun” musiqa va raqs ansambli hamda universitetning iqtidorli talabalari ishtirokida badiiy konsert dasturi tashkil etilgan.

Dastur davomida milliy va zamonaviy kuy-qo‘shiqlar, teatr sahnalari, raqslar hamda jonli ijrodagi chiqishlar namoyish etildi. Talabalar o‘z iqtidorlari va sahnadagi mahoratlarini ko‘rsatib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar va samimiy olqishlarga sazovor bo‘ldilar.

O‘zbek milliy san’ati va raqs ansambili

O‘zbekiston Milliy universitetida talabalarning estetik didini shakllantirish, ularni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ijodiy salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shu maqsadda universitetda faoliyat yuritayotgan O‘zbek milliy san’ati va milliy raqs ansambli o‘zining badiiy chiqishlari bilan universitet madaniy hayotining ajralmas qismiga aylangan.

 

Ansambl tarkibidagi talabalar va yosh ijrochilar milliy raqslar, folklor sahna ko‘rinishlari hamda an’anaviy kuy-qo‘shiqlarni tomoshabinlarga mahorat bilan taqdim etadilar. Har bir chiqish o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va san’atini namoyon etadi.

Mazkur ansambl nafaqat universitet miqyosida, balki turli respublika va xalqaro tadbirlarda ham ishtirok etib, O‘zbekistonning milliy raqs va san’atini keng targ‘ib qiladi. Ularning chiqishlari talabalarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlaydi va ularni milliy qadriyatlarga yanada yaqinlashtiradi.

Scroll to Top