ekologik yarmarkasi O‘zMU Biologiya fakultetida
O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakultetida “Eko-innovation – 2025” nomli ekologik muammolarga yechim topishga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet olimlari hamda fermerlar faol ishtirok etishdi.
Ushbu ko‘rgazma nafaqat innovatsion ishlanmalarni taqdim etish, balki ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari va universitet olimlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirishga xizmat qildi.
“Eko-innovation – 2025” yarmarkasi orqali ishlab chiqilgan g‘oyalar va yechimlar ekologik muammolarni bartaraf etishga, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirishga va barqaror rivojlanishni ta’minlashga muhim hissa qo‘shishi kutilmoqda.