o'zbekiston milliy universiteti
Biz haqimizda
Hurmatli Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari!
Maqsad
Har qanday universitetning alohida g’ururi uning bitiruvchilari hisoblanadi. O’zbekiston Milliy universiteti o’z bitiruvchilari bilan faxrlanadi, chunki ular nafaqat uning buyuk tarixi, balki kelajakka bo’lgan ishonchi hamdir.
Vazifa
Uyushmaning vazifasi bitiruvchilarning kasbiy jamoasini shakllantirish, ularning o’zini o’zi anglashi va Alma mater universitetini rivojlantirishda ishtirok etishi uchun sharoit va imkoniyatlar yaratishdir. Ishonchimiz komilki, bitiruvchilarni birlashtirib, universitetning hamfikr sheriklari va do’stlari jamoasini mustahkamlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi va ularning loyihalarini O’zbekiston Milliy universitetini yanada rivojlantirish yo’lida amalga oshirishga yordam beradi.