Oʻzbekiston Milliy Universiteti Teatr Studiyasi: Ijod, Maʼnaviyat va Hamkorlik Maskani

Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalari uchun yaratilgan teatr studiyasi – bu ijodiy salohiyatni yuzaga chiqarish, sanʼat va madaniyatga boʻlgan qiziqishni oshirish, shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan muhim maskan hisoblanadi. Teatr studiyasi nafaqat universitet hududida, balki talabalar turar joylarida ham faoliyat olib borib, yoshlarga madaniy hordiq beruvchi va ma’naviy o‘sishga xizmat qiluvchi turli tadbirlarni taklif etadi.

Teatr studiyasining tashkil topishi va maqsadi hamda faoliyat tartibi va tarkibi

Universitetda yoshlarning maʼnaviy olamini boyitish, ularda sanʼatga boʻlgan mehrni oshirish maqsadida teatr studiyasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu studiya “Besh muhim tashabbus”ning birinchi yo‘nalishi — yoshlarning ijodkorligini rivojlantirish, teatr, musiqa, adabiyot va sanʼatning boshqa sohalariga qiziqishini oshirish doirasida tashkil etilgan.

Teatr studiyasi orqali:

  • talabalarda ijodiy qiziqish uygʻotiladi;
  • san’atning turli yo‘nalishlarida ko‘nikmalar shakllantiriladi;
  • bo‘sh vaqt mazmunli va tizimli tashkil etiladi.

    Teatr studiyasi yil davomida muntazam ishlaydi. Har bir oʻquv yili boshida fakultetlar bo‘yicha iqtidorli talabalar saralab olinib, turli jamoalar tuziladi. Har bir fakultetning alohida teatr jamoasi mavjud bo‘lib, ular ijodiy chiqishlar tayyorlashda bir-biri bilan bellashadi.

    Mashg‘ulotlar davomida talabalar quyidagilarni o‘rganadilar:

    • aktyorlik mahorati va sahna nutqi;
    • dramaturgiya asoslari;
    jamoada ishlash va sahnani boshqarish ko‘nikmalari

Talabalar turar joylaridagi tadbirlar

Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida teatr studiyasi faoliyati talabalar turar joylarida ham keng yo‘lga qo‘yilgan. “Mazmunli 7 kun” loyihasi asosida haftaning har kuni turli tadbirlar tashkil etiladi:

  • Ijodiy chiqishlar: komediya, drama va zamonaviy sahna ko‘rinishlari;

  • Monolog va pantomima kechalari: talabalar tomonidan yozilgan qisqa sahna asarlari;

  • Hazil va QVZ dasturlari: qiziqarli va kulgili chiqishlar orqali hordiq chiqarish imkoniyati;

Yotoqxonalarda tashkil etiladigan teatr sahnalari:

  • Talabalarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish;

  • Sahnada erkin chiqish qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

  • Ma’naviy va madaniy muhitni boyitish;

  • Talabalar o‘rtasida do‘stlik, hamjihatlik va jamoaviy ishlash ruhini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bu tadbirlar orqali talabalar nafaqat teatr san’atining sir-asrorlarini o‘rganadilar, balki sahna orqali turli ijtimoiy, tarbiyaviy va ma’naviy mavzularni keng ommaga yetkazadilar.Teatr sahnalariga barcha qiziqishi bor talabalar jalb qilinadi. Har bir spektakl yoki sahna chiqishi oldidan maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlari o‘tkazilib, talabalar aktyorlik mahorati, sahna nutqi va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini chuqurlashtiradilar.

Repertuar va yil davomida tadbirlar

Har o‘quv yilida teatr studiyasi tomonidan turli janrdagi spektakllar tayyorlanadi. Repertuar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • o‘zbek adabiyoti klassik asarlaridan sahna ko‘rinishlari;
  • zamonaviy ijtimoiy va tarbiyaviy mavzulardagi asarlar;
  • talabalar yozgan ijodiy asarlar asosidagi spektakllar;
  • buyuk siymolarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus sahna ko‘rinishlari, yoshlarni milliy qadriyatlar, tarix va ma’naviyat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining "Humo" talabalar teatr studiyasi jamoasi talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgtan "Chimildiq" sahna ko'rinishi

O'zbekiston milliy universiteti teatr jamoalari bilan hamkorliklar

O‘zbekiston Milliy universiteti teatr studiyasi talabalarga nafaqat o‘z ijodiy chiqishlarini namoyish qilish, balki professional teatr muhitida ham tajriba orttirish imkoniyatini yaratadi.

Universitet talabalari Muqimiy musiqali drama teatri, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri , O‘zbekiston Davlat drama teatri hamda boshqa sahnalarga tashrif buyurib, yuksak badiiy darajada sahnalashtirilgan spektakllarni tomosha qilishadi. Bu tashriflar talabalarda nafaqat san’atga bo‘lgan qiziqishni oshiradi, balki ularning aktyorlik mahoratini chuqurlashtirishga ham xizmat qiladi.

Shuningdek, ushbu teatrlardan taniqli aktyor va aktrisalar muntazam ravishda universitetga taklif etilib, mahorat darslari o‘tkazib kelinadi.

Musobaqalar, tanlovlar va taqdirlash marosimlari

Teatr studiyasi nafaqat universitet ichida, balki respublika miqyosida ham faol ishtirok etadi.

  • Har yili universitet ichida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.
  • Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan jamoalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi tartibda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

 Asosiy mukofotlar:

  • 1-o‘rin – 70 million so‘m;
  • 2-o‘rin – 50 million so‘m;
  • 3-o‘rin – 30 million so‘m.

 Maxsus nominatsiyalar:

  • “Eng faol oliy ta’lim muassasasi” – 15 million so‘m;
  • “Eng yaxshi erkak roli uchun” – 10 million so‘m;
  • “Eng yaxshi ayol roli uchun” – 10 million so‘m;
  • “Jamoa ijodkor talabasi” – 8 million so‘m;
  • “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” – 7 million so‘m.

Bu mukofotlar nafaqat teatr san’atiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi, balki iqtidorli talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Scroll to Top