O‘zMUda mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, oila, ta’lim muassasasi va mahalla hamkorligini mustahkamlash, shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida “Milliy qadriyatlar kuni ”ni o‘tkazilmoqda.
“Milliy qadriyatlar kuni” doirasida “Milliy qadriyatlarning eng faol targ‘ibotchisi” tanlovi tashkil etildi. Tanlov doirasida “Milliy libos”, “Milliy raqs”, “Milliy taom”, “Milliy sport” hamda “Milliy qo‘shiq” nominatsiyalari bo‘yicha iste’dodli yoshlar baholandi.
Tanlovda fakultet jamoalari o‘zaro 3ta shart: 1) Milliy an’ana, qadriyat va urf odatlar; 2) Kompozitsion musiqiy chiqishlar; 3) Milliy liboslar ko‘rgazmasi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Tanlov yakunida 1-o‘rin 3 mln. so‘m, 2-o‘rin 2 mln. so‘m hamda 3-o‘rin sohib 1 mln so‘m pul mukofotlari va diplom, shuningdek, “Eng yaxshi milliy raqs ijrochisi” hamda “Eng yaxshi milliy qo‘shiq ijrochisi” nominatsiyalari g‘oliblari 1 mln so‘mdan pul mukofoti va diplomlar bilan taqdirlandi.