Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetining «Humo» talabalar teatr studiyasi jamoasi respublika oliy ta’lim muassasalari talabalar teatr studiyalari o’rtasida o’tkazilgan ko’rik-tanlovlarda bir necha yillardan beri qatnashib kelmoqdalar va faxrli o`rinlarni egallamoqdalar.Universitetimiz teatr jamoasi fakultetlarning eng iqtidorli talabalaridan saralab olingan bo`lib «Humo» talabalar teatr studiyasi jamoasida 24 nafar ishtirokchi qatnashadi.Tadbirlar asosan 4 bosqichda amalga oshiriladi.
1Universitet bosqichi
2.Hududiy bosqichi
3.Viloyat bosqichi
4.Respublika bosqichi.
Tadbirning viloyat bosqichida universitetimiz tomonidan talabalarga maxsus transport va boshqa sharoitlar yaratilib beriladi.Bu bosqich boshqa bosqichlardan ko`ra sarguzashtlarga boyligi bilan ajralib turadi.Unda asosan milliy urf-odatlarimiz aks ettirilgan saxna ko`rinishlari ko`proq qo`yiladi.Bundan maqsad milliy qadriyatlarimizni yanada kengroq yoritish va kelgusi avlodlarga ham uni yetkazib berishdir.Bu saxna ko`rinishlaridan biri «Chimildiq» spektaklidir.»Milliy an’ana va qadriyatlarni tarannum etgani uchun»eng oliy o`rinlarni olib kelmoqdalar»Humo» talabalar teatr studiyasi jamoasiga ijodiy parvoz tilab, keyingi tanlovlarda muvaffaqiyat tilaymiz.