Ekologik Innovatsion Tanlov
Talabalar o‘rtasida ekologik muammolarga bag‘ishlangan innovatsion loyiha tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar o‘rtasida ekologik muammolarga yechim topishga qaratilgan innovatsion ishlanmalar va loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov davomida talabalar suv resurslarini tejash, plastik chiqindilarni kamaytirish hamda chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha o‘z g‘oyalarini taqdim etdilar. Har bir loyiha ekologik muammolarni hal etishda yoshlarning ijodkorligi va yangicha yondashuvini namoyish etdi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Tanlovning maqsadi
talabalar va yoshlarni ekologik muammolarga kengroq jalb etish,
chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha yangi ishlanmalarni ishlab chiqish,
suv ifloslanishiga qarshi kurashishda samarali g‘oyalarni targ‘ib qilish,
ekologik muammolarga jamoatchilik e’tiborini kuchaytirishdan iboratdir.
G‘olib loyiha
“Organik chiqindilar yordamida tabiiy bioplastik — polilaktik kislota olish”
Ushbu loyiha tanlovda ilg‘or loyihalardan biri sifatida ko’rsatildi va plastik chiqindilarga muqobil ekologik toza material ishlab chiqarish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.