Bir davrning ikki dahosi — Navoiy va Bobur tavalludiga bag'ishlab tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston Milliy universitetida Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar hamda Taekvondo va sport faoliyati fakultetlari tashabbusi bilan O‘zbek adabiy tili va adabiyoti rivojiga hissa qo‘shgan ikki ulug‘ zotlar – Alisher Navoiyning 583 yilligi va Zaxiriddin Muhammad Boburning 541 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir ikki buyuk mutafakkir asarlarida teran ifoda topgan milliy va umuminsoniy g‘oyalarni keng targ‘ib qilish, talaba-yoshlar qalbida yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
O‘zbek filologiyasi fakulteti “Adabiyotshunoslik” kafedrasi dotsenti Shahlo Xojiyeva zabardast allomalarimizning bizga qoldirgan ulkan ma’naviy merosini asrab-avaylash hamda kelgusi avlodga yetkazish eng muhim vazifa va burch ekanligini yig‘ilish ishtirokchilariga atroflicha tushuntirib o‘tdi.
Tadbirning badiy qismida talaba-yoshlar tomonidan sahnalashtirilgan chiqishlar, Alisher Navoiy va Bobur qalamiga mansub g‘azal va ruboiylar yod olinib, yig‘ilganlarga havola etildi. Faol ishtirokchilar fakultet rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

Scroll to Top