1.Universitet Kengashi avvalida universitet rektori, kengash raisi Inom Madjidov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug’iga ko‘ra 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan universitetda samarali faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan professor-o’qituvchilar, pedagoglar universitet rektori tomonidan “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoniga sazovor bo’ldilar va bir guruh professor-o’qituvchilar va xodimlarni tabriklab o’tdi Ularga tashakkurnomalar va qimmatbaho sovg’alar tarqatilib estalik uchun fotosuratlarga tushildi.
2. Kengash davomida talaba yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faoliyatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida so’z olib borildi. Bunda talaba-yoshlar orasida tarbiyaviy ishlarni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, ta’lim-tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish, o‘quv yurtida o‘z kasbini yuksak darajada egallagan yetuk mutaxassislar bilan bir qatorda, ma’naviy-axloqiy jihatdan barkamol shaxslarni tarbiyalab yetishtirish ishlarini jonlantirish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo`yicha prorektor J.Muxammadiyev, M.Xasanov maruza o’qidi.
3.O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olayotgan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va tizimli tashkil etilib,universitet darslaridan dam olgan holda mavjud klub va to‘garaklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yilgan bo’lib bular o’z ichiga “O’zMU zakovat” klubi, “Kreativ” talabalar teatr studiyasi, “Dutorchi qizlar” ansambli, “Talaba FM” radiosi, va boshqalarni o’z ichiga oladi. Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, mavjud klub va to‘garaklar faoliyatini samarali tashkil etish hamda talaba-yoshlar o‘rtasidagi turli huquqbuzarliklarning oldini olishda Universitet yoshlar ittifoqi yetakchisi, fakultet yetakchilari hamda talabalar turar joyi kengashi raislarining o’zaro hamkorligi muhim ekanligini J.Muxammadiyev, M.Abdusattorovalohida ta’kidlab o’tdi.
4. Universitetda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari O’zMu fakultetlar o’rtasida o’tkazilib borilishi.Bunda fakultetlar miqyosida «Talabalar ligasi» sport musobaqalari o’tkazilib, unda fakultetlarning 1-4 kurs talabalari ishtirok etishi va bu ligalar har mavsumda o’tkazilishi, har bir liga uchun tegishli qimmatbaho sovg’alar yoki pul mukofoti qo’yilishi xususida. Sh.Toshmatov, V Yodgarov ma’ruza o’qidi va yana qo’shimcha takliflarini aytib o’tdi.
5.Universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni profilaktika qilish va ularga qarshi kurashish,universitetda “Korrupsiyasiz soha” loyihasini universitet miqyosida amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash , universitetda korrupsiyaga oid xavf-xatarlar yuqori bo‘lgan yo‘nalishlar hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash,universitetda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlar ijrosini ta’minlash,universitetda korrupsiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan jamoatchilik nazoratini muvofiqlashtirib borish, shuningdek zamonaviy usullar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida korrupsiyaga qarshi monitoring olib borish,korrupsiyaga qarshi kurashish va jamoat nazorati sohasida umum e’tirof etilgan xalqaro standartlar va xorijning ijobiy tajribasini o‘rganish hamda ilg‘or jihatlarni tatbiq etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, universitetda korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar ko‘rishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish va takliflar ishlab chiqish haqida Sh.G‘ulamov kengash davomida qisqacha ma’ruza qildi.