BIZNING BITIRUVCHI AKADEMIKLAR

YO‘LDOSHEV BEHZOD SODIQOVICH

B.S.Yo‘ldoshev 1963-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetiga kirib, 1968-yilda tugatgan. 1971-yilda nomzodlik, 1981-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1995-yildan O‘zR FA muxbir a’zosi, 2000-yilda O‘zR FA haqiqiy a’zosi bo‘lgan. B.S.Yo‘ldoshev 1991-2005-yillarda O‘zR FA Yadro fizikasi instituti direktori. 2000-2005 yillarda O‘zR FA Prezidenti lavozimida ishlagan. 2001-2004 O‘zR Oliy Majlisi deputatligiga saylangan. 2017-yildan O‘zR FA Prezidenti lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori. “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi

Ayupov Shavkat Abdullayevich

Matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi (1995), fizika-matematika fanlari   doktori (1983), professor (1985).

1974- yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning matematika fakultetini tugatgan.

Abduvahobov Abduvali Abdusamatovich

O`zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995). Kimyo fanlari doktori (1979), professor (1981). O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (1973 yildan), shu institut direktori (1987-1993), O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo-texnologiya va Yer haqidagi fanlar bo`limining raisi (1992-1994), vitse-prezidenti (1994-1997)

1965 – yilda  ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni kimyo fakultetini bitirgan.

Abutaliyev Faradey Basirovich

Matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1964), professor (1972).

1952 – yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni fizika fakultetini tugatgan.

Azimov Sodiq Azimovich

Fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi (1962), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1964), fizika-matematika fanlari doktori (1955), professor (1958).

1940 – yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni fizika fakultetini tugatgan.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.

Dolimov Toʻrabek No‘monovich

Oʻzbekiston FA akademigi (1995). Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1981), professor (1985), 1973-1974 yillarda Oʻzbekistan Geologiya vazirligi qoshidagi Oʻrta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo institutida shoʻba mudiri. 1983 yildan ToshDU geologiya fakultetida kafedra mudiri, dekan (1985-1987). ToshDU ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1987-1995), 1995 yilda hozirgi OʻzMU rektori.

1960 – yilda ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni geologiya  fakultetini tugatgan.

Farmonov Shokir Qosimovich

Matematik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (2000). Fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1977).

1963-yilda ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning mexanika-matematika fakultetini tugatgan.

Karimov Ubaydulla Isroilovich

O‘zbekiston FA akademiyasi akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), filologiya fanlari doktori (1972).

1949-yilda O‘rta Osiyo universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning sharq fakultetini tugatgan.

Egamberdiyev Shuxrat Abdumannovich

O‘zFA astronomiya instituti direktori. Fizika matematika fanlari doktori, professor, O‘zRFA akademigi. O‘zMU (ToshDU) Fizika fakultetini 1973-yilda tugatgan. 1970-yili ToshDU fizika fakultetiga kirib, 1972-yili 2 kursdan o‘qishni Moskva davlat universitetining fizika fakultetida davom ettirib, uni 1977-yili tugatgan. Mehnat shuhrati ordeni (2008), Fransiyaning Akademik palmalar ordeni (2014), Lazur sohil observatoriyasining ADIONS medali (Fransiya, 2015), O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (2022).

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek

Ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi

Oybek 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylangan va 1950 yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi lavozimida ishlagan.

1930- yili O‘rta Osiyo Davlat dorilfununi (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni tugatdi.

Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy

Matematik olim, pedagog, jamoat arbobi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943), fizika-matematika fanlari doktori (1939), professor (1931). O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti (1943 – 1947).

1929-yilda  O‘rta Osiyo universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni matematika fakultetini tugatgan.

Yunusov Sobir Yunusovich

Kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akademigi (1952). SSSR FA muxbir aʼzosi (1958), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959), kimyo fanlari doktori (1949), professor (1952), Mehnat Qahramoni (1969).

1935 – yilda Oʻrta Osiyo universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni  kimyo fakultetini  tugatgan.

To’rayev Abbosxon Sobirxonovich

OzR FA Bioorganik  kimyo instituti direktori, Akademik,
1969-
yilda kimyo fakultetini tamomlagan.

Muqimov Komil Muqimovich

Fizika matematika fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi. O‘zMU qoshidagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi direktori. O‘zMU (ToshDU) Fizika fakultetini 1964-yilda tugatgan.

 

ARIFOV UBAY ARIFOVICH

1935-1941-yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetida assistent bo‘lib ishlash davrida G.Shuppe bilan birga Fizikaviy elektronika kafedrasi va maktabiga asos solgan. U.A.Arifov 1945-yilda nomzodlik va 1945 yilda doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. 1956-yilda O‘zFA akademigi. 1962-1966-yillar O‘zFA Prezidenti. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Fan va texnika arbobi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, ko‘plab orden va medallar sohibi.

BEKJONOV RAHIM BEKJONOVICH

1953-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika-matematika fakultetini tugatgan. 1966-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1968-yildan professor, 1989-yildan O‘zFA akademigi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. C.I.Vavilov nomli nishon sovrindori. O‘zbekiston ma’orif a’lochisi va ixtirochisi.

UMAROV G‘IYOS YOQUBOVICH

1943-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika-matematika fakultetini bitirgan. 1967-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan, 1968-yildan professor, 1968-yilda O‘zFA muxbir a’zosi. “Hurmat belgisi” ordeni va medallar bilan mukofotlangan.

YUNUSOV MAXAMADJON SOBIROVICH

1950-1955-yillari O‘rta Osiyo davlat universitetida (hozirgi O‘zMU) fizika ixtisosligi bo‘yicha tahsil olib, o‘z faoliyatini O‘zFA Fizika-texnika institutida kichik ilmiy xodim lavozimidan boshlagan. 1967-yilda nomzodlik va 1981-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yilda O‘zFA akademigi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, “Shuhrat” ordeni sohibi.

G‘ULOMOV ULUG‘ G‘AFUROVICH

1950-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetiga o‘qishga kirib, 1955-yilda tugatgan. 1972-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1974-yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi bo‘lgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.

ABDURAZZOKOV ABDUJABBOR

A.Abdurazzokov 1951-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetiga o‘qishga kirib, 1956-yilda tugatgan. 1972-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1984-yildan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining akademigi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.

STARODUBSEV SERGEY VASILEVICH

1935-yilda MDU fizika-matematika fakultetini bitirgan. 1935-1941-yillarda O‘rta Osiyo davlat universitetida o‘qituvchi. 1946-yilda texnika fanlari doktori, 1947-yilda professor, 1956-yilda O‘zFA akademigi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi

BUGAYEV VIKTOR ANTONOVICH

1960-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1962-yildan professor unvonini olgan. 1966-yildan O‘zR FA akademigi etib saylangan. Davlat mukofoti laureati. Ko‘plab orden va medallar bilan mukofotlangan. Jahon Meteorologiya Tashkiloti mukofotiga sazovor bo‘lgan.

GUBIN VIKTOR IVANOVICH

1941-yil O‘rta Osiyo davlat Universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetini tugatgan. 1962-yilda O‘zFa muxbir a’zosi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi.

HABIBULLAYEV PO‘LAT KIRGIZBAYEVICH

1955-1960-yillari O‘rta Osiyo davlat universitetini (hozirgi O‘zMU) fizika ixtisosligi bo‘yicha bitirib, o‘z faoliyatini Toshkent Davlat pedagogika universitetida o‘qituvchilikdan boshlagan. 1984-1988-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidenti. 1994-2002-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fan va Texnika Davlat qo‘mitasi raisi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. “Mehnat shuxrati” ordeni sohibi.

RASHIDOVA SAYYORA SHAROFOVNA

1965-yilda Moskva Davlat Universitetining kimyo fakultetini tugallab, 1972-yilda nomzodlik, 1983-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. “Do‘stlik” ordeni. “El-yurt hurmati” ordeni.  “O‘zbekiston belgisi” nishoni. O‘zMUning “Yuksak xizmati uchun” belgisi bilan taqdirlangan.

IZRAEL YURIY ANTONIYEVICH

1953-yil O‘rta Osiyo davlat Universiteti hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti (O‘zMU) fizika fakultetini tugatgan. «Ettore Madjoran» oltin medali. V. N. Sukachev nomidagi oltin medal. Davlat mukofoti laureati, ko‘plab orden va medallar sohibi. Yu. A. Izrael – Xalqaro astronavtika akademiyaning, Rossiya ekologiya akademiyaning a’zosi, Vengriya meteorologiya jamiyatining faxriy a’zosi, Xalqaro radiologiya ittifoqining faxriy a’zosi. «Meteorologiya va gidrologiya» ilmiy jurnalining bosh redaktori. 1980-yillarda Orol dengizi va Baykal ko‘li bo‘yicha komissiya raisi bo‘lgan. 1989-yildan boshlab BMTning taklifi bo‘yicha yangi tashkil etilgan Iqlimni tekshirish bo‘yicha xalqaro ekspert guruhida (MGEIK) ishlagan. Butunjahon meteorologiya tashkilotining vitse-prezidentligiga 12-yil saylangan.

YO‘LDASHBAYEV TOYMAS SATTIYEVICH

1949-yili Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti fizika fakultetiga o‘qishga kirib, 1954-yili shu universitetni tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1954-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti Modda tuzilishi kafedrasida kichik ilmiy xodim lavozimida ish boshlagan. T.S.Yo‘ldashbayev 1962-yil nomzodlik, 1972-yilda doktorlik dissertatsiyani himoya qilgan. 1983-yilda professor unvonini olgan. 1994-yili O‘zR FA akademigi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi.

MO‘MINOV TOLIB MUSAYEVICH

1965-yilda Samarqand davlat universiteti fizika-matematika fakultetini bitirgan. 1979-1981-yillarda ToshDU laboratoriya mudiri. 1981-1987-yillarda ToshDU qoshidagi Amaliy fizika ilmiy tekshirish instituti direktori. 1977-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 2000-yildan O‘zFA akademigi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, «Mehnat shuxrati» ordeni sohibi.

RISQIYEV TO‘XTAPO‘LAT TURSUNOVICH

1965-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetiga kirib, 1970-yilda tugatgan. 1975-yilda nomzodlik, 1993-yilda doktorlik diisertatsiyasini himoya qilgan. 1995-yilda O‘zR FA akademigi. 1993-1994, 1997-2003-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Fan, ta’lim va ijtimoiy muammolar masalalari bo‘yicha davlat maslahatchisi.

G‘ULOMOV QODIR G‘AFUROVICH

1963-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetiga o‘qishga kirib, 1968-yilda tugatgan. 1980-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1988-yilda professor ilmiy unvonini olgan. 1989-yildan O‘zR FA sining muxbir a’zosi. 1995-yilda O‘zR FA akademigi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. 2-darajali “Shon-sharaf” ordeni sohibi.

MUSAXONOV MIRZAYUSUF MIRZAMAHMUDOVICH

1961-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetiga o‘qishga kirgan. 2000-yildan O‘zR FA akademigi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, “Shuhrat” ordeni bilan mukofotlangan.

ARIPOV TOXIR FATIXOVICH

1970-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetini bitirgan. 2005-2006-yillarda O‘zRFa Prezidenti lavozimida ishlagan. “Mehnat Shuhrati” ordeni sohibi. Fan va talim, sanoat va sanat bo‘yicha xalqaro Akademiyaning (Kaliforniya, AQSH) haqiqiy azosi.

MAMADALIMOV ABDUG‘AFUR TESHABOYEVICH

Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ni 1969-yili bitirgan. 1998-yildan hozirgacha O‘zMU professori lavozimida ishlamoqda. 2000-yildan O‘zR FA akademigi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. Halqaro Biografik Markazning faxriy a’zosi (Angliya).

MO‘MINOV RAMZILLA ABDULLAYEVICH

1963-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetini bitirgan. 1979-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yildan O‘zR FA akademigi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.

RASULEV O‘TKUR XASANOVICH

1956-1961-yillarda Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetida tahsil olgan. 1979-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1995-yilda O‘zRFA akademigi. Fan va texnika sohasida Davlat mukofoti laureati, “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan.

BAHODIRXONOV MUHAMMAD KABIR SAYIDXONOVICH

1959-1965-yillarda Toshkent davlat universiteti Fizika’ fakultetida “Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi” yo‘nalishi buyicha tahsil olgan. 1971-yili nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi. 2003-yilda Xitoy Xalq Respublikasining Sin Zyan davlat universiteti va 2012-yilda Qoraqolpog‘iston Respublikasi Nukus davlat universitetining faxriy professori etib saylandi. 2017-yilda O‘zR FA akademigi.

ZAYNABIDINOV SIRAJIDIN ZAYNABIDINOVICH

1963-1971-yillar ToshDU (hozirda O‘zMU) fizika fakultetida talaba. Nyu-York Fanlar Akademiyasi va Kaliforniya xalqaro ta’lim, fan, texnika va san’at Akademiyasining haqiqiy a’zosidir, Angliya jahon biografik markazining faxriy a’zosi, “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi sohasidagi buyuk yutuqlari uchun” faxriy diplomi va kumush medali sovrindori (London), Xalqaro oliy ta’lim Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, O‘zbekiston Respublikasining “Oliy ta’lim”, “O‘rta maxsus kasb-ta’lim a’lochisi” unvonlariga ega. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. 1987 йили докторлик диссертациясини ҳимоя қилган. 2017 йилда ЎзР ФА академиги.

ABDULLAYEV FATXULLA XABIBULLAYEVICH

Toshkent Davlat Universitetining fizika fakultetini 1969-yilda bitirib Fanlar Akademiyasining Yadro fizikasi, Issiklik fizikasi, Fizika-texnika institutlarida ilmiy faoliyat olib borgan. 1975-yilda Fizika-matematika fanlari nomzodi, 1985-yilda esa Fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajalarini olgan. «Beruniy nomidagi Davlat mukofoti», «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi», «O‘zFA ning Al – Xorazmiy medali» 2019-yilda SCOPUS xalkaro bibliografik va referativ tashkilotning «Yilning eng ilgor tadkikotchisi» mukofoti sovrindori bulgan. 2022-yilda «Mexnat shuxrati» ordeni bilan takdirlangan. 2023-yildan O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi.

Scroll to Top