Ma’lumki O‘zbekiston Milliy Universitetida Fransiyaning bir qator universitetlari bilan ERASMUS dasturlari yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur dasturlar talabalar, xodimlar hamda o‘qituvchilar akademik almashinuvini moliyalashtiradi.
Bugun O‘zbekiston Milliy universitetiga Puatiye universiteti vakillari Philippe Rogen, Armelle Jacquemot, Licia Bagini va Farida Enikeevalar tashrif buyurishdi.
Mazkur Universitet bilan 2020-yildan buyon ERASMUS dasturlari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ushbu dastur asosida universitetning xalqaro bo‘lim xodimlari, hamda fransuz tilini o‘rganuvchi talabalar almashinuvi amalga oshirib kelinmoqda.
Bugun Puatiye universiteti vakillari bilan ERASMUS dasturini kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Unda matematika, informatika, iqtisodiyot, antropologiya sohasida hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.
Mazkur yo‘nalishdagi fakultetlardan soha mutaxassislari uchrashuvga jalb qilinib bir qator masalalar muhokama etildi.
Philippe Rogeon iqtisodiyot fanlari doktori Iqtisodiyot fakulteti talabalari va soha mutaxassislari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ERASMUS dasturi Akademik mobillik loyihasi bo‘yicha maqsadi, vazifasi to‘g‘risida axborotlar berib, talabalarning Ingliz va rus tillaridagi bilim darajalari haqida maʼlumotga ega bo‘ldi. O‘qituvchilar bilan ERASMUS dasturi doirasida ikki universitet o‘rtasida ilmiy yo‘nalishda hamkorlik qilish borasida fikr almashdi.
Puatiye universiteti delegatsiya aʼzosi Antropolog Armelle Jacquemot tarix fakulteti talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Puatiye universitetining yo‘nalishlari, ilmiy loyihalari, moddiy texnik bazasi, ilmiy loboratoriyalari to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tdi.
Farida Enikeeva Matematika fakultetida bo‘lib, professor va o‘qituvchilar bilan Puatiye universiteti va O‘zbekiston Milliy universiteti fakultetlararo hamkorlik, akademik almashiguvni yana-da rivojlantirish haqida takliflarni muhokama qildi.