Bugun O‘zbekiston Milliy universitetiga Xitoy Xalq Respublikasidan o‘zining ilmiy tadqiqotini olib boradigan 30 nafarga yaqin mustaqil tadqiqotchilar tashrif buyurdilar. Ular bilan ilmiy rahbarlarning uchrashuvi xalqaro bo‘lim qoshida tashkil etildi.
Xorijlik mustaqil tadqiqotchilarga noyabr oyida ingliz tili va mutaxassislik fanlaridan imtihon topshirish, himoya uchun kerak bo‘lgan me’yoriy hujjatlar, hamda, himoya uchun zarur bo‘lgan ilmiy nashrlarning tahlili bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. O‘z o‘rnida xorijlik mustaqil tadqiqotchilar tomonidan berilgan savollarga ilmiy rahbarlar va ma’sul xodimlar tomonidan javob berildi.
Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan mustaqil tadqiqotchilar fizika, ekologiya, qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik, amaliy matematika, iqtisod va tarix yo‘nalishlarida o‘zlarining doktorlik dissertatsiyalarini yozmoqdalar.