Joriy yilning 26-oktyabr kunj O’zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinova va strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo’limi boshliĝi Gulasal Rofiyevalar Kashan injinerlik Oliy maktabiga tashrif buyurishdi.
O’zMU vakillarini muassasaning xalqaro aloqalar bo’yicha mas’ul rahbari Eugenia LIamas va Sophie Tellielar kutib oldi. Ikki tomonlarning uchrashuvi davomida matematika, fizika, kompyuter texnologiyasi, injinering va aniq fanlar yònalishida chet tillarini òqitish kabi sohalarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi. Talabalar va òqituvchilar almashinuvi bòyicha imkoniyatlar tòrisida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ta’lim muassasasidagi labaratoriyalar, òquv auditoriyalari va yaratigan barcha sharoitlar bilan tanishib chiqildi. Yuqorida sanab òtilgan yõnalishlarda talabalarni qabul qilish uchun ingliz tilidan B2 va fransuz tilidan B1 til bilish darajasi talab etilishi aytib òtildi.
Hamkorlik davomida òqituvchilar bilan tajriba almashish jarayonini ham yòlga qòyishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida mazkur yònalishlar mas’ullari va rahbariyat bilan online muloqot qilib, akademik mobillik shartlari kòrib chiqilishi belgilab olindi.