Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida tashkil etilgan seminar “Talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusiga bag‘ishlandi.
Seminarda talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy liboslarning ahamiyati, xotin-qizlar uchun psixologik va huquqiy maslahatlar berishga doir ishlarni jadallashatirish, “Qizlarjon” klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilinib, fikr-mulohazalar yuritildi.
O’zbekiston Milliy universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi Ra’no Rustamova ham mazkur tadbirda ishtirok etib, o’z tajribasi va faoliyati bilan o’rtoqlashdi.