Bugun, 12-oktabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida 1-kursga qabul qilingan xorijlik talabalar uchun “Taʼlim eksporti va xalqarolashtirish strategiyasi” mavzusidagi talabalikka qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Germaniya, Finlandiya, Yaponiya, Moldova, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Janubiy Koreya, Ukraina va Qirg‘iziston kabi davlatlardan tashrif buyurgan talabalar ishtirok etishdi.
Dastlab O‘zbekiston Milliy universiteti rektori tabrigi xorijlik talabalarga o‘qib eshittirildi. Universitetning o‘quv, maʼnaviy-maʼrifiy va ijtimoiy faoliyatlari tanishtirib o‘tildi. Talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning huquqlari hamda majburiyatlari to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tildi. Turli mamlakatdan kelgan talabalar o‘rtasida do‘stona muhit yaratish va o‘zaro bag‘rikengli fazilatlarini qo‘llash lozimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda joriy o‘quv yilida O‘zbekiston Milliy universitetiga dars berish uchun tashrif buyurgan xorijlik professor-o‘qituvchilar, jumladan, Yaponiyaning Osaka universiteti o‘qituvchisi, professor Nakamura Katsuxiro hamda Taekwondo fakultetida faoliyat yuritayotgan Baek Mun Jon ham ishtirok etib, talabalarga universitet to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar