Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti hamda Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti o’rtasida imzolangan Memorandum doirasida o’zaro hamkorlik aloqalari yo’lga qo’yilgan.
Joriy o’quv yilida O’zMU o’zbek filologiyasi fakulteti «O’zbek tilshunosligi» kafedrasi tomonidan ushbu universitetning 2 nafar professori ma’ruza o’qishga taklif qilingan.
Kechadan Qozoq Milliy universiteti professori Raushangul Avakova kafedra magistrlariga ma’ruza o’qiy boshladi.