Germaniyaning SES – Senior Experten Service fondi mutaxassisi O’zMUda

Bugun, 16-oktabr kuni, Germaniyaning SES – Senior Experten Service fondidan Ingliz tili o’qitish metodikasi bo’yicha yirik mutaxassis Gyunter Horst Zommer O’zMUga tashrif buyurdi.

Xalqaro bo‘limda mutaxassis bilan uchrashuv o’tkazilib, unda O’zMU xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinova, Xorijiy filologiya fakulteti dekani Xabibulla Bakiyev hamda Ingliz tilshosligi kafedrasi mudiri Jamila Jumabayeva ishtirok etdi.

Germaniyalik mutaxassis Ingliz tilshosligi kafedrasi professor-o’qituvchilari va magistratura talabalariga Ingliz tili o’qitish metodikasidan 16 oktyabrdan 3 noyabrgacha seminar trening olib borish maqsadida tashrif buyurdi.

Ma’lumot uchun, Gyunter Horst Zommershu Germaniyada Ingliz tili o’qitish bo’yicha o’zining bir qator trening kurslani aynan Oliy ta’lim muassasalari ingliz tili o’qituvchilarini malakasini oshirish institutida olib borgan tajribali mutaxassis bo’lib, Indonezia, Qozog’iston va boshqa bir nechta davlatlarda ham shu kabi seminar treninglarni olib borgan.

Scroll to Top