Bugun, 23-iyun kuni O’zbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Raima Shirinova va Germaniyaning Leibniz nomidagi Gannover universiteti prezidenti Volker Epping, universitet professori Georg Guggenberger va Xalqaro aloqlar bo’limi xodimlari bilan onlayn uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida universitet vakillari kelgusidagi rejalar to’g’risida suhbatlashishdi. Xususan, kelgusi yillarda ikki universitet amaliy geoinformatika, muhandislik, kompyuter texnologiyalari sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishi, birgalikda ilmiy loyihalar tashkil etishi, shuningdek hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etishi aytildi va bu borada har ikki universitet ham yuqori tajribaga ega ekanligi ta’kidlab o’tildi. Gannover universiteti vakillari O’zbekiston Milliy universiteti bilan Geologiya sohasida tadqiqot olib borishga katta qiziqish bildirishdi.
Uchrashuv so’nggida hamkorlikni yanada yaxshilash maqsadida Erasmus+ va El-yurt Umidi jamg’armasi orqali talabalar va o’qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish, o’zaro aloqlarni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi.