Bugun, 21-iyun kuni O’zMU xalqaro aloqalar bo’limida universitetning 2023-yildagi xalqaro reyting natijalari xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Raima Shirinova boshchiligida tahlil qilindi.
Taqdimotlar strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo’limi xodimlari Alijon Oripov, Nozima Eshmirzayeva hamda bo’lim volontyor talabasi Aziza Atoboyeva tomonidan THE Impact reytingi, WURI, UI Greenmetric reytinglari yuzasidan o’tkazildi.
Unda Times Higher Education Impact reyting natijalari qiyosiy tahlil qilinib, keyingi 2024-yilda universitet barqaror rivojlanish maqsadlarining aynan qaysi indikatorlari bo’yicha hujjatlar taqdim etilishi muhokama qilindi. Shuningdek, “WURI-2023” (Innovatsion loyihalar bo’yicha xalqaro reyting) natijalari ham ko’rib chiqildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti to‘rtinchi sanoat inqilobi kategoriyasi bo‘yicha TOP-50 talik oliygohlar qatoriga (43-o‘rin) kirganligi ta’kidlab o’tildi.