Ota-bobolarimizdan ming yillardan beri meros bo`lib kelayotgan turli xil milliy urf-odatlarimiz,qadriyatlarimiz,o`yin va tomoshalarni doimiy bardavom ettirish maqsadida Milliy universitet va mahallalar o`rtasida bir biridan qiziqarli o`yin tomoshalar tashkil qilindi.
Bundan ko`zlangan asosiy maqsad milliy qadriyatlarni yanada shakillantirish,universitet va maxalla o`rtasidagi aloqani yanada mustahkamlash ayniqsa yosh avlodlarimiz o`rtasida biz uchun juda qadrli bo`lgan milliy urf-odatlarimizni saqlab qolish va uni yoshlar o`rtasida yanada keng tadbiq qilishdir.
«Milliy universitet – keng imkoniyatlar maskani” nomli festival doirasida “Mahalla va universitet hamkorlikda bir kuch” shiori ostida «Shodiyona» MFY yoshlari va talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Unda Universitet Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, fakultetlar dekanlari va o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, 300 ga yaqin talaba-yoshlar, shuningdek «Shodiyona» MFY jamoasi, mahalla faollari va yoshlari ishtirok etdi.
Tadbir doirasida shaxmat musobaqalari, taekvondo fakulteti talabalarining chiqishlari, iqtidorli talaba-yoshlar va san’atkorlarning ijodiy kompozitsiyalari namoyish etildi.
Shuningdek, tadbirda Amaliy matematika fakulteti talabasi, Jahon chempioni, shaxmat bo‘yicha sport ustasi Muzaffar Eminjonov 10 ta shaxmat doskasida 20 nafarga yaqin talaba-yoshlar bilan dona surib master-klass o‘tib berdi.