“O’zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki tomonidan e’lon qilingan, 100 million so’mli mukofotga ega olimpiada

«O’zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat banki homiyligida «Milliy universitet – keng imkoniyatlar makoni» talabalar festivali doirasida Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston milliy universitetida o’tkazilgan 100 million so’m mukofot jamg’armasi bilan mantiqiy matematika olimpiadasining final bosqichi otkazildi.Bunday Olimpiadalarni tashkil etishdan maqsad jamiyatga, davlatga matematika sohasida yetuk, raqobatbardosh kadrlarni yetishtirib berish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli talabalarni qo’llab-quvvatlashdan iborat.
Finalda 1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan oliy o‘quv yurtlari talabalari va bank xodimlari ishtirok etmoqda.
Ushbu olimpiada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi V.I.Roma-novskiy nomidagi Matematika instituti hamda KHISO olimpiada maktabi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Scroll to Top