O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo institutiga tashrif

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, fizika-matematika fanlari doktori, professor Yoqub Ergashov O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo institutida bo’lib, u yerda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishdi.
Ma’lumot o’rnida, Biofizika va biokimyo instituti biologiya yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqot instituti bo‘lib, o‘z faoliyati davrida mamlakatimizda biologiya, biotexnologiya va farmakologiya yo‘nalishlari bo‘yicha ilm-fanni va ta’limni rivojlantirishga, shuningdek, respublika iqtisodiyotining turli tarmoqlari, maorif, oliy ta’lim va boshqa sohalari uchun kadrlar tayyorlashga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Scroll to Top