4-sentabr kuni, Isroil davlatining Holon Texnologiya institutida (HIT) O’zbek-Isroil qo’shma fakultetining Amaliy matematika va Komputer ilmlari yo’naishidagi 34 nafar talabalar Ozarbayjon va Isroil davlatlari talabalari bilan birgalikda diplom bilan taqdirlandilar.
Dastlab, Holon Texnologiya instituti rahbariyati, jumladan HIT rektori Eduard Yakubov, O’zbekistonning Isroil davlatidagi elchisi Feruza Mahmudova , Isroilning O’zbekistondagi elchisi Zehavit Ben Hillel (online), Ozarbayjon davlatining Isroildagi elchisi Mukhtar Mammadov, Ozarbayjonning Baku davlat universiteti rektori Elchin Babayev(online), O’zbek-Isroil qo’shma fakulteti dekani Nodir Narziev hamda boshqa mehmonlar so’zga chiqib, talabalarni tabrikshlashdi.
Shundan so’ng, O’zbekiston, Ozarbayjon va Isroil davlatining davlat madhiyalari yangradi. Tadbir so’ngida talabalar diplom bilan taqdirlandilar.