Polshaning Lodzi Politexnika universiteti vakillari O’zMUda

Bugun, 5-sentabr kuni Polshaning Lodzi Politexnika universiteti professori Tomash Maneski va ushbu universitet dotsenti Aleksandr Shtika bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zMU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektoriRaima Shirinova , strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo‘limi boshlig‘i Gulasal Rofiyeva, ximiya fakultete dekani Shaxnoza Qodirova va fakultet professorlari ishtirok etishdi. 
Uchrashuvda universitet haqida Lodzi Politexnika universiteti vakillariga to‘liq maʼlumot berildi. Lodzi universiteti dotsenti Aleksandr Shtika O‘zMU hodimlariga o‘z universiteti haqidagi prezentatsiyani taqdim qildi. Shu bilan birga ikki tomon vakillari o‘zaro hamkorlikni yaxshilash maqsadida talabalarning xalqaro konferensiyasini onlayn va oflayn formatda o‘tkazish xususida fikr almashishdi. 
Shuningdek, tomonlar ximiya fakulteti magstrlarining amaliyotini Lodzi Politexnika universitetida tashkil qilish borasida ham maslahatlashishdi. Lodzi Politexnika universiteti professori Tomash Maneski ushbu taklifni qo‘llab quvvatlashini bildirdi.

Scroll to Top