Xorvatiyaning Zagreb universiteti vakillari O’zMUda

Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetiga Xorvatiyaning Zagreb universiteti dekani janob Jukic Ante va universitet professori Vidovic Elvira xonim ikki universitet o‘rtasida o‘zaro aloqalar o‘rnatish maqsadida tashrif buyurishdi. 
Uchrashuvda O‘zMU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Raima Shirinova universitet haqida mehmonlarga to‘liq maʼlumot berdi va shu o‘rinda Zagreb universiteti dekani janob Jukic Ante ham o‘z fakulteti haqida maʼlumotlar berib o‘tdi. 
Bundan tashqari, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar o‘rtasida akademik mobillik aloqalarini yo‘lga qo‘yish hususida takliflar berildi. Zagreb universiteti dekani janob Jukic Ante O‘zMU professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda Skopus va Web of Science jurnallarida qo‘shma maqolalar chop etish borasida o’z taklifini bildirdi.

Scroll to Top