2023 yil 18 may kuni fizika fakultetida Koreya Fiziklar jamiyati raisi professor Suklyun Xong va O‘zbekiston fiziklar kengashi raisi akademik Qodir G‘ulomov, Texas universiteti professori Anvar Zaxidov ishtirokida uchrashuv va “Ikki o‘lchovli materiallar va 2D/3D geterostrukturalar” (Two-dimensional Materials and 2D/3D Heterostructures) mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda O‘zRFA Fizika texnika instituti, O‘zFA Yadro fizikasi instituti, O‘zFA Astronomiya instituti, O‘zMU huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika instituti, O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti, O‘zMU qoshidagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi, Toshkent davlat texnika universiteti, Fonon ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi olimlari jumladan, akademiklar M.M.Musaxanov, R.A.Abdullayev, K.M.Muqimov, M.X.Ashurov, R.S.Zoirov, Q.Allayev va sohaning yetuk olimlari, fakultet professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.