Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Tarix fakulteti «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» kafedrasi hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan universitet tashkil topganligining 105 yilligi munosabati bilan «O‘zbekiston Milliy universiteti – Markaziy Osiyo ilm-fani va ta’lim flagmani» mavzusida iqtidorli talabalarning xalqaro ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Milliy universitetining Qirg’iz Respublikasining Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari yildan-yilga kengayib bormoqda.
Ushbu xalqaro konferensiyada O’sh texnologiya universitetining 6 nafar talabasi o’z taqdimotlari bilan ishtirok etishmoqda.