O‘zMU Hamda AQShning Vebster Universiteti O‘rtasida Anglashuv Memorandumi Imzolandi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori boshchiligidagi delegatsiya AQShning Vebster universitetida bo‘lib turibdi. Tashrif doirasida ikkala tomon o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha qator amaliy tashabbuslar ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov hamda AQSHning Vebster universiteti prezidenti Julian Shustern o‘zaro anglashuv memorandumini imzolashdi.

Memorandumga ko‘ra, kimyo va bilogiya ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish hamda ushbu sohaga doir erishilayotgan yutuqlar va ularga doir ma’lumotlar almashishga kelishib olindi.

Ushbu hamkorlik aloqalaridan asosiy maqsad kimyo va bilogiya, shuningdek, boshqa qator sohalarda yetuk kadrlar tayyorlash, aktual mavzular bo‘yicha samarali ilmiy loyihalarni amalga oshirish, dolzarb muammolarni birgalikda bartaraf etish bo‘yicha tadqiqotlar olib borish kabi masalalar ko‘zda tutilgan

Scroll to Top