O‘zMU talabalari – para o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston chempioni bo‘ldi

28-30 noyabr kunlari poytaxtimizda joylashgan Markaziy harbiy sport klubining o‘q otish bazasida para o‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi mamlakat birinchiligida 50 nafarga yaqin merganlar o‘z mahoratlarini hakamlar nazoratidan o‘tkazdi. Sportchilar 10 metr masofaga to‘pponchadan va miltiqdan otish dasturlarini o‘zaro bahs olib borishdi.

Ushbu chempionatda O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti 4-bosqich talabasi Mahmudaxon Sobirova miltiqdan o‘q otish bo‘yicha, O‘zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi Shahnoza Mamajonova esa to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha g‘olib deb topilib, O‘zbekiston chempioniga aylanishdi.

Ushbu muvaffaqiyat bilan talabalarimiz hamda ularning murabbiylarini O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati va jamoasi nomidan tabriklaymiz.

Scroll to Top