O’zMU «Volontyorlar klubi» a’zolarining «Taskin» Respublika birinchi bolalar xosbisiga tashrifi

2022-yilda «Zangiota-2» ixtisoslashtirilgan shifoxonasi negizida birinchi Taskin bolalar hospisi ochilgandi. Muassasada bedavo kasallikka chalingan bemorlarga bepul palliativ yordam ko‘rsatiladi.

Bugun, 2-dekabr kuni Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy Fanlar fakulteti «Ijtimoiy ish» kafedrasi «Volontyorlar klubi» ishtirokida «Taskin» Respublika birinchi bolalar hospisiga tashrif uyushtirildi.

U yerda davolanayotgan bolalarga hamkorlar «SAFIA» bakery tomonidan shirinliklar bundan tashqari «SARIQ BOLA PIZZA» tomonidan pitsalar ulashildi. Bolajonlarga kichik kongilochar konsert dasturi namoyish etilib, «Art terapiya» usulida bolajonlar bilan birgalikda rasmlar Tashrif yakunida bolajonlarga turli xildagi esdalik sovg’alari taqdim etildi.

«O‘zbekistonda ijtimoiy muassasa sifatida xospislar bo‘lmagani uchun og‘ir xastalik bilan kasallanganlarning yaqinlariga hech qachon psixologik yordam ko‘rsatilmagan. Ularga kasallik haqidagi to‘liq haqiqatlar aytilmagan. Bizning jamiyatimizda o‘lim mavzusini ko‘tarish odatiy hol emas. Termal davrda — bemor va uning qarindoshlari uchun eng og‘ir vaqt — odamlar uylariga jo‘natilar, u yerda ular og‘riq va chorasizlik, yaqin odamga yordam bera olmaslik dardi bilan yuzma-yuz qolishardi. Xospis bilan birgalikda bunday oilalar hayot sifatini yaxshilaydigan ishonch va qo‘llab-quvvatlashga ega bo‘ladi», — deya tushuntiradi Rustam Narbayev.

Eng asosiysi bolajonlarning xayotida ushbu kun eng esda qolarli baxtli kunlardan biriga aylandi. Talabalarimiz uchun esa o’zlarini haqiqiy ijtimoiy xodim sifatida faoliyat olib borishlari uchun amaliy yordam bera oldik!

Scroll to Top