O’zMuda 2023-yil 26-iyun soat 11-00 da navbatdagi ilmiy kengash bo’lib o’tdi. Bunda
1.Magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan hamda oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi.
2.Universitetda magistrlik dissertatsiyalari himoyasini tashkil etish va magistraturada taʼlim jarayonlarining holati, magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni tashkil qilish to’g’risida N.Majidov ma’ruza o’qidi.
3.Ilmiy Kengash davomida O’zMU Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo’yicha prorektor V. Yodgarov 2022-yilda universitet moddiy texnik bazasini yaxshilash maqsadida xarid qilingan va ta’lim jarayoniga joriy etilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalari toʻgʻrisida ma’lumot berdi.Unga ko’ra barcha texnika asboblari va aparatlar, lobaratoriya jihozlari va qurulmalari jaxon standartlaridagi eng so’ngi rusimdagi jihozlar bilan ta’minlanganligini aytib o’tdi.
4.Universitet (fakultetlar) Axborot-resurs markazlari faoliyati samaradorligi (so‘nggi 3 yilda olingan o‘quv va ilmiy adabiyotlar, talabalarning o‘quv resurslardan foydalanish darajasi) haqida A.Ramazonov so’zga chiqdi. Unga ko’ra universitet ta’lim dasturlari, o‘quv rejalari va ilmiy izlanishlar mavzulari bo‘yicha fondni adabiyotlar bilan ta’minlandi va har xil ko‘rinishdagi har xil turdagi hujjatlarni (shu jumladan elektron ko‘rinishda) o‘quv, ilmiy, ma’lumotnoma nashrlar, davriy nashrlar, badiiy adabiyotlarni sotib olishni tashkillashtirdi.
5. V.Topildiyev universitetda 2022/2023 o‘quv yilida professor-o‘qituvchilar uchun qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining tashkil etilishi haqida maruza o’qidi.Unga ko’ra xorijiy hamkorlik doirasida, ilmiy-metodik hamkorlik amalga oshirilib, malaka oshirish yuzasidan tajribalar almashish, xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarni, xorijiy mamlakatlardan jalb qilish bo‘yicha ishlar yo‘lga quyilish.
Hamkorlik borasida tashkil etilayotgan aloqalar real amaliy natijalarga qaratilgan bo‘lib, tashkil etilayotgan xalqaro seminar, vebinar va treninglar mavzulari, amaliy mashg‘ulotlar malaka oshirish tizimida mavjud muammolar echimiga yo‘naltirilgan, kurs dasturlari va o‘quv-uslubiy majmualar mazmunini takomillashtirishga va kelajakdagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
6.Universitetning Jizzax filialida kredit-modul tizimi asosida o‘quv jarayonini tashkil etishning holati, muammo va yechimlar bo’yicha O.To‘raqulov ma’iumot berdi. Ma’lumki, talabaning umumiy yuklamasi auditoriya va mustaqil ta’lim yuklamalaridan iborat. Amaldagi ta’lim tizimida auditoriya yuklamalariga katta e’tibor qaratilib kelinmoqda, lekin mustaqil ish turlari hali ommalashmagan. Kredit tizimida eng avvalo talabaning mustaqil ishiga jiddiy e’tibor qaratiladi.Shu bilan birga kredit-modul tizmi talabalarni faqatgina daomadi uchungina emas balki ularning o’quv salohiyatini yuksalishi va tanlov imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilishini aytib o’tildi.