“Korrupsıyasız – hayot zavqi”

Jamiyatda shunday illatlar borki, u ma’lum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir. Aynan shu illat sababli ko‘plab   davlatlarning   inqirozga   yuz tutgani ham tarixdan ma’lum. Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va
jamiyatning
siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.
O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti tomonidan universitetning 4-sonli Talabalar turar joyida o‘tkazilgan “Korrupsiyasiz-hayot zavqi” mavzusidagi profilaktik kursi ham shu mavzuga bag‘ishlandi. Unda Jurnalistika, O‘zbek filologiyasi hamda Ijtimoiy fanlar fakultetining professor- o‘qituvchilari va 65 nafar talaba-yoshlari ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi mavzu bo‘yicha so‘zga chiqqan O‘zMU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” bo‘limi boshlig‘i Shoxnazar G‘ULOMOV Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylanib ulgurgani. Buni so‘nggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ham ko‘rish mumkinligi xaqida to‘htalar ekan, jumladan shunday dedi: – “Eng avvalo, shuni ta’kidlash o‘tish joizki, korrupsiyaga qarshi kurashning sifat va son jihatdan mutlaqo yangi darajaga ko‘tarilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi mahsulidir. Jumladan, davlat rahbarining jamiyatni «halollik vaksinasi bilan emlash» zaruriyati haqidagi fikrlari bu boradagi ishlarga qo‘yilgan tamal toshi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, Prezident 2020 yilning 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida        ta’kidlaganidek, «Jamiyatimizda korrupsiya illati o‘zining turli ko‘rinishlari bilan taraqqiyotimizga g‘ov bo‘lmoqda. Bu yovuz baloning oldini olmasak, haqiqiy ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaratib bo‘lmaydi, umuman, jamiyatning birorta tarmog‘i rivojlanmaydi».

Scroll to Top