O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar, o‘qituvchilar va xodimlarning mobilligini faollashtirish maqsadida strategik rivojlantirish va xalqaro reyting bo‘limi Fransiyaning 4 ta universiteti bilan Erasmus dasturi loyihasini 2023- 2026 yillar uchun yo‘lga qo‘ydi.Kuni kecha xorijiy filologiya fakulteti fransuz filologiyasi kafedrasining ikki nafar talabasi yaʼni Hayitboyeva Dilnoza hamda Karimov Jamshid shu loyihada ishtirok etib Fransiyaning Puatye universitetiga 2023-2024 o‘quv yilining birinchi yarimida tahsil olish uchun jo‘nab ketdilar. Ularni loyiha koorinatori Lichiya Bagini kutib olib universitet kutubxonasi, talabalar yotoqxonasi, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirdi hamda Markaziy Osiyo davlatlari oliygohlaridan kelgan xorijiy talabalar uchun tanishuv amaliyoti bo‘lib o‘tdi.
Maʼlumot uchun sentyabr oyining oxirida mazkur universitetning matematika va filologiya yo‘nalishidagi olimlar maʼruza o‘qish uchun universitetga tashrif buyurishlari kutilmoqda.
Shuningdek, talabalarning akademik mobilligini moliyalashtiradigan Erasmus xalqaro grantining yangi mavsumi joriy yilining noyabr oyida boshlanadi.