O’zMU talabalari xalqaro loyihada ishtirok etishmoqda

Geologiya va geoinformatsion tizimlar, Geografiya va geoaxborot tizimlari, Giderometreologiya fakultetlari talabalari O‘rta Osiyoda yoshlarning iqlim harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Anchor School for Youth Climate Action In Central Asia” xalqaro loyihasida ishtirok etmoqda.

Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsad Jahon Bankining RESILAND CA+ dasturini sinovdan o‘tkazish va ko‘paytirishga tayyorgarlik ko‘rish orqali yoshlar orasida iqlim o‘zgarishlariga nisbatan e’tiborli munosabatni shakllantirish, Markaziy Osiyodagi iqlim o‘zgarishi muammolarining kreativ yechimlarini amaliyotga tatbiq etishdan iborat.

Scroll to Top