Reproduktiv salomatlik

 Reproduktiv salomatlik – bu reproduktiv tizimdagi kasalliklarni (bepushtlik, turli nuqsonlar, JYOYUK, rak va rak oldi kasalliklari va h.k.) bartaraf etib, sog‘lom bola tug‘ilishiga er-hotin juftliklarni tayyorlabgina qolmay, balki tug‘ilgan zurriyotni jismonan baquvvat, aqlan zukko, ijtimoiy barkamol avlod etib yetkazishga zamin yaratishdir.
Reproduktiv salomatlikga salbiy taʼsir etuvchi omillar:
– er-hotin juftliklarda surunkali noinfeksion va ginekologik kasalliklarni mavjudligi;
– tug‘ruqlar orasidagi 3-3,5 yillik interval saqlanmasligi;
– yoshi 20ga yetmay yoki 35 yoshdan katta bo‘lib farzand ko‘rish;
-qarindosh-urug‘i bilan quda bo‘lish;
– kam taʼminlangan, nochor oilalar;
– notinch, nobop oilalar;
– 4 va undan ko‘p farzand ko‘rayotganlar;
Ayol qancha ko‘p tug‘sa, shuncha tug‘ruq asoratlari, kasallanish darajasi, nogironlik, hatto o‘lim holatlarini kuzatilish xavfi oshib boradi. Onasi kasalvon bo‘lgach, bolani boqishga, uni tarbiyalashga kuchi ham, vaqti ham yetmaydi.
8ta xavf omilini kamaytirish, Onalik va bolalikni muhofaza qilishdagi Prezident Qarorlari va davlat dasturlarini to‘liq bajarish.
Reproduktiv huquq –yaʼni barcha er-hotin juftliklarni bolalar soni,ular orasidagi oraliq, ularning tug‘ilish vaqti, kontratsepsiya vositalardan foydalanish, bolani ko‘krak suti bilan boqish haqida erkin hamda to‘liq masʼuliyat hissi bilan qaror qabul qilish xamda maʼlumot va vositalarga ega bo‘lishlari shart.

Scroll to Top