Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 14 fevral kuni Markaziy Osiyo va Kavkaz boʻyicha maslahat xizmatlari forumi (CACFRAS) rahbari – Amanbaev Alisher,  Qirgʻiziston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi boʻyicha maslahat xizmatlari forumi (KGFRAS) rahbari – Kaybalieva Meerim hamda Qirgʻiziston Respublikasining nufuzli tashkilotlaridan bir guruh delegatsiya Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetiga tashrif buyurishdi.

Delegatsiyani Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Shirinova Raima Hakimovna, Biologiya fakulteti dekani Abdraxmanov Toxtasin, AgroEkoBiotexnologiya markazi rahbari – Gafurova Lazizakhon va professor-oʻqituvchilar kutib olishdi.

Professor Gafurova Lazizakhon “Tuproq unumdorligini oshirishda innovatsion texnologiyalar va hamkorlik istiqbollari” mavusida mehmonlarga universitet olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar hamda hakorlikda amalga oshirilgan loyihalar haqida taqdimot qildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi  “Tuproq tarkibi va repozitoriyasi, sifati tahlil markazi” Davlat unitar korxonasi xodimlari oʻzlarining labotatoriyalarini hamda fan-ta’lim ishlab chiqarish integratsiyasi va fermerlar bilan ishlashda laboratoriya tahlilariga oid taqdimot qilishdi.

Delegatsiya a’zolari Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi “Molekulyar va hujayralar biotexnologasi” oliygohlararo o‘quv-ilmiy laboratoriyasiga  tashrif buyurishdi va  ularga professor Xayitboev Alisher laboratoriya va uning faoliyati boʻyicha ma’lumot berdi.

Tashrif yakunida xorijdan kelgan delegatsiya vakillari bilan O‘zMU mas’ul fakultet hodimlari kelajakda hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar, ilmiy tadqiqotlar va boshqa istiqbolli masalalar bo‘yicha kelishib olishdi.  

Scroll to Top