O‘zbek – Isroil qo‘shma fakulteti bitiruvchilari Isroilda diplom oldilar

Maʼlumki, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida Isroil davlatining Xolon Texnologiya instituti (Holon Institute of Technology) bilan hamkorlikda O‘zbek-Isroil qo‘shma fakulteti 2018 yil o‘z faoliyatini boshlagan edi. Fakultetda 5130200-Amaliy matematika va informatika (Muhandislik matematikasi), 5230200-Menejment (Texnologiyalar menejmenti), 5330200-Informatika va axborot texnologiyalari (Kompyuter ilmlari) taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikda kadrlar tayyorlanmoqda.

23 fevral kuni 5330200-Informatika va axborot texnologiyalari (Kompyuter ilmlari) yo‘nalishlari bitiruvchilari HIT ni muvaffaqiyatli tugatgan talabalarning bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni HIT prezidenti Eduard Yakubov ochib berdi. Diplom olish tadbirida O‘zbekiston va Tojikistondagi Izrail elchisi Zahavit Ben Hillel barcha talabalarni xalqaro diplom bilan tabriklab ikki davlat hamkorligini yana-da rivojlanishida taʼlimning o‘rni beqiyos ekanligini taʼkidladi. O‘zMU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, qo‘shma fakultet dekani Nodir Narziyevlar ham tadbirda onlayn ishtirok etib talabalarni bu yutuq va imkoniyat bilan universitet rahbariyati nomidan samimiy qutladilar

Scroll to Top