1.Ta’lim sohasiga doir O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, Qarorlari, Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Farmoyishlari, vazirlik buyruq va xatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ijrosi yuzasidan Jismoniy va yurdik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Abdug‘affor Insopov ma’lumot bermoqda.Bunda universitetga kelib tushgan yozma murojotlarning qay darajada ijrosi ta’minlanganligi va bu ijroda xodimlar o’z vazifasini sitqidildan bajarishi haqida aytib o’tildi. Shu bilan soha prorektorlari va bo’lim boshliqlari topshiriqlar bajarilishi yuzasidan hisobot berib o’tdi.Hisobotda president qarorlari,farmonlari,farmoyishlari ijrosi qay darajada o’z vaqtida ta’minlanganligi, ijrosiga yetarlicha ma’lumot yuborilganligi, talabalarning universitet va rektor nomiga kelgan yozma murojatlari va president portali orqali kelib tushgan murojatlar bo’yicha hisobot berib o’tdi hamda bu murojatlarga qonunda keltirilgan tarzda javob berilganligi to’g’risida ma’lumot berdi.
2.Bugun kengashda Sh.O‘tamurodova Universitet huzuridagi Yarim o‘tkazgichlar va mikroelektronika institutida olib borilayotgan tadqiqotlarning samaradorligi va ularning oliy malakali fiziklar tayyorlashda foydalanish imkoniyatlari, muqobil energetika, elektrotexnika sanoati, mikro- va nanoelektronikani rivojlantirish sohaga yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash,ilm-fan va ta’lim integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, yoshlarni ilm-fanga jalb etishga shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash,moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, yangi ilmiy natijalarni tijoratlashtirishga ko‘maklashuvchi tuzilmalarni tashkil etish.
Yarim o‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasini yanada rivojlantirish haqida gapirdi.
3. Universitet huzuridagi Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazining ilmiy faoliyati tahlili bo’yicha K.Muqimov so’zda chiqdi. Taqdimot davomida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish markazi xodimlarining ilmiy-pedagogik faoliyati, xalqaro aloqalar yo‘nalishida erishilgan yutuqlar, Markazdagi “Funksional nanomateriallar”, “Nanotermoelektriklar” ”Kvant fotonikasi” va ”Murakkab tuzilmalar nanofizikasi” laboratoriyalari xamda nanotexnologiyalar va materialshunoslik sohalarida noyob asbob uskunalardan jamoaviy foydalanish bo‘limi haqida ma’lumot berib o‘tildi.
4. Matematika fakultetida nazariya va amaliyot uyg‘unligi asosida o‘quv jarayonining tashkil etilish holati tahlili bo’lib o’tdi. Obidjon Zikirov Matematika fakulteti tarkibi, kafedralar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tarkibi, fakultetdagi ilmiy maktablar faoliyati, bitiruvchilarni ishga joylashtirish samaradorligi, xorijiy ilmiy tadqiqot markazlari va Fondlarining grantlar bo‘yicha erishilgan natijalar, 2023-2026-yillarda rivojlantiriladigan ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari hamda xalqaro hamkorlik yuzasidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.