Yaponiyalik professor O‘zMUda seminar o‘tmoqda

O‘zbekiston Milliy universitetiga Yaponiyaning Gunma universiteti professori Yutaka Shikano fizika fakulteti talabalariga «Visualizing Quantum States through Quantum Measurement» mavzuida seminar o‘tib berdi.

Olim o’z maʼruzasida kvant holati baholaganda, odatda kvant holat tomografiyasidan foydalanilishi, kvant holatini tasavvur qilish uchun yangi g‘oyani taklif qilinganligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni talabalarga batafsil tushuntirib berdi.

Yutaka Shikano xalqaro aloqalar bo‘limiga ham tashrif buyurib universitetlar o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, uning ahamiyati va olimlarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

Kvant hisoblash 1985 yilda nazariy kosmolog David Deutch tomonidan taklif qilingan va bir nechta jismoniy tizimlarda rivojlanmoqda, va hozirda tijoratda mavjud.

Olim ma’ruzasi orqali ushbu ilg’or texnologiyani konturini ko’rib chiqish va kvant hisoblash tizimlarining imkonyatlarini o’rganish va bir qator  katta hajimdagi hisoblashni barpo etish muammolarini muhokama qildi.

Scroll to Top