Akademik almashinuv

Bugun, 6-fevral kuni O‘zbekiston Milliy universitetiga Qozog‘iston Respublikasining L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti va Qirg‘iziston Respublikasining Osh davlat universitetidan akademik mobillik dasturi doirasida bahorgi semestrni o‘qish uchun 11 nafar talaba yetib keldi.

Talabalar O‘zMU Xalqaro talabalar bilan ishlash bo‘limi xodimlari tomonidan iliq kutib olinib o‘zlari uchun ajratilgan yotoqxonalarga joylashtirildi. Shundan so‘ng, talabalar bilan Xalqaro aloqalar bo‘limida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari, fakultet professor-o‘qituvchilari va boshqa mas’ul xodimlar talabalarga o‘quv jarayonlari, universitet va yotoqxona ichki tartib-qoidalari, hamda ularga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berishdi va talabalarning o‘quv rejalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishlari uchun kerakli sharoitlar yaratish xususida kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Respublikasining L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo Milliy universiteti universiteti va Qirg‘iziston Respublikasining Osh davlat universitetlari O‘zMU bilan nafaqat akademik mobillik dasturi doirasida balki professor-o’qituvchilarni o’quv jarayonga taklif qilinib, hamkorlikda konferensiyalar tashkil etilmoqda hamda xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etib kelinmoqda. Xususan, ushbu universitetning bir nafar tadqiqotchisi 2022-yilda O’zMU xalqaro aloqalar bo’limida stajirovka o’tagan va Osh davlat universitetidan o‘gan yili jami 81 nafar talaba akademik mobillik dasturi bo‘yicha o‘qishga kelgan.

O‘zMU talabalarini ham shu yilda yuqoridagi universitetlarga akademik mobillik dasturi doirasida o‘qishga jo‘natish rejaga kiritilgan

Scroll to Top