Kuni kecha O‘zbek Milliy akademik drama teatrida Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Jizzax viloyati Musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan “Xamsa” dostoni asosida sahnalashtirilgan “Hayrat ul-abror” spektakli namoyish etildi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning boy va serqirra ijodiy merosini har tomonlama chuqur o‘rganish, uning o‘lmas asarlarini targ‘ib qilish, aholi, ayniqsa, yoshlarni teatrlarga jalb qilish maqsadida tashkil tilgan mazkur spektakl O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati, ishchi-xodimlari, professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi.
Ma’lumot o‘rnida, “Hayrat ul-abror” — “Xamsa” dostonlaridan biri bo‘lib, ibratli fikrlarga boyligi, mazmun-mohiyati jihatidan qimmatliligi bilan ahamiyatlidir. Asarda 20 ta maqolat keltirilgan. Ushbu maqolatlarda koʻtarilgan masalalar barcha zamonlar uchun xosdir.