Temuriylar Tarixi Davlat Muzeyiga Sayohat

Sifatli ta’limni ta’minlash, yosh avlodda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish hamda O‘zbekistonning boy madaniyati va tarixiy merosini xorijiy talabalarga tanishtirish maqsadida, joriy yilning 5-yanvar sanasida O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy psixologiya kafedrasi mudiri O‘.B. Shamsiyev boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari L.A. Jabarova va L.A. Nigmatulinalar, shuningdek, 1-kurs talabalari Temuriylar tarixi Davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.

Mazkur tadbir davomida talabalar Amir Temur va Temuriylar davri tarixi bilan yaqindan tanishib, muzeydagi boy madaniy va tarixiy merosni ko‘zdan kechirdilar. Muzey gidlari tomonidan taqdim etilgan qiziqarli ma’lumotlar talabalar uchun nafaqat tarixiy bilimlarini kengaytirishga, balki o‘tmishimizning madaniy qadriyatlarini yanada chuqurroq anglashga xizmat qildi. Ular muzeyda saqlanayotgan noyob eksponatlar, qadimiy qo‘lyozmalar, jangovar qurollar, me’moriy maketlar va boshqa tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishishdi.

Tadbir talabalar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Ular muzeyda olingan bilimlarni o‘z ta’lim jarayonida qo‘llash, shuningdek, milliy merosimizni targ‘ib qilish borasida o‘z hissalarini qo‘shishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Mazkur tashrif barqaror rivojlanish maqsadlariga mos ravishda bilim va innovatsiyaga asoslangan jamiyat qurishda yoshlarning faol ishtirokini rag‘batlantirishga xizmat qildi.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Scroll to Top