O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetining 1-bosqich talabalari uchun O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahror Ahmedov ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, Ahror Ahmedov ko‘p yillardan buyon “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh muharriri lavozimida faoliyat olib borgan, Odil Yoqubov, O‘tkir Hoshimov, Pirimqul Qodirov, Said Ahmad, Maqsud Qoriyev, Tohir Malik kabi atoqli adiblar bilan hamsuhbat bo‘lgan, ularning kitoblarini nashrdan chiqishi va millionlab muxlislariga yetib borishiga sababchi bo’lgan zabardast noshir, tajribali muharrir hisoblanadi.