Shu yilning 9-16-dekabr kunlari Bahrayn davlatining Manama shahrida aralash jang turlari bo‘yicha turli yosh toifasidagi havaskor sportchilar o‘rtasida Osiyo chempionati o‘tkazildi.
Unda Aralash jang san’atlari assotsiatsiyasining havaskor sportchilar terma jamoasi a’zosi, nufuzli xalqaro va respublika chempionatlari g‘olibi, O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti 2-bosqich talabasi, sport ustasi Xo‘jaqul Ergashev faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Talabamiz, uning murabbiylari va ustozlarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi faoliyatlariga omad va zafarlar tilaymiz.