O‘zMU huzurida Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etildi

Bugun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida O‘zbekiston Milliy universiteti tomonidan 23-28 oktyabr kunlari o’tkazilayotgan “Nazariy fizikaning yangi istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiyaning ochilishi bo’lib o’tdi.

Mazkur konferensiyaning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nazariy fizika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilganligi tantanali e’lon qilindi.

Xalqaro konferensiyada nazariy fizika sohasida olib borilayotgan xalqaro tadqiqotlar, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan fundamental tadqiqotlar natijalari haqida ma’ruzalar qilinishi rejalashtirilgan.

Scroll to Top