O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijtimoiy ish (Oila va bolalar) fakulteti sirtqi boʻlim 3-kurs talabasi Shahnoza Mustafayeva 2021-yil 5-mayda Toshkent viloyatida «DUGONALAR» nogiron ayollar jamiyatiga asos solgan hamda ushbu nodavlat notijorat tashkilotning raisi sifatida faoliyat olib boradi.
Shahnoza Mustafayeva bolalikdan Girishpuring, Paliomilit va yana boshqa boshqa bir qancha tashxislar bilan 2-guruh nogironi hisoblanadi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan isloxotlar jumladan, Gender tenglik, Xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash davlatimiz siyosatining eng ustuvor masalalari shu jumladan, “Ayollar daftari” ga kiritilgan xotin-qizlar muammolarini hal qilish, ularni kasbga va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, bandligini ta’minlash, shu orqali jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash bo‘yicha amaliy yordamlar berishdan iborat.
Shuningdek, ushbu tashkilot O’zMUda tahsil olayotgan bir qancha imkoniyati cheklangan talabalarga turli ilmiy adabiyotlardan foydalanishlari uchun emin erkin katta zamin yaratib kelmoqda.
Ma’lumot o’rnida, Shahnoza Mustafayeva 2023-yil “Shuxrat medali”, 2021-yil «O’zbekiston mustaqilligiga 30 yil» esdali nishoni va bir qator tanlovlar, loyihalar g’olibi. 14 nafar nogironligi bo’lgan shaxslarni ish bilan ta’minlagan!