O’zMU professori Germaniyada ma’ruza o’qidi

Shu yilning 6-9 noyabr kunlari O’zbek filologiyasi fakulteti O’zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, professor Muhabbat Qurbonova taklifnoma asosida Germaniyaning Johannes Gutenberg nomidagi Mainz universitetida xizmat safarida bo’ldi.
Safar davomida Turkologiya bo’limi magistrlariga «O’zbek tili» va «Turkiy tilshunoslik» fanlaridan ma’ruza o’qidi. 
Shuningdek, magistr talabalarga o’zbek madaniyati va milliy qadriyatlari to’g’risida ma’lumot berildi hamda milliy madaniyatimizga oid eksponatlardan iborat madaniyat burchagi tashkil etildi. Mazkur eksponatlar talabarda katta qiziqish uyg’otdi.
Safar davomida soha mutaxassislari bilan ilmiy hamkorlik doirasida muzokaralar olib borildi va kelajakdagi rejalar xususida kelishib olindi.

Scroll to Top