O‘zMU laboratoriyasi mudiri “YUNESKO-Karlos Finley” mukofoti bilan taqdirlandi

Mikrobiologiya bo‘yicha yetuk olima, O‘zbekiston Milliy universiteti laboratoriyasi mudiri Dilfuza Egamberdiyeva “YUNESKO-Karlos Finley” mukofoti bilan taqdirlandi.
Olimamiz o‘simlik va mikrobiomlarning o‘zaro ta’siri, o‘simlikning stressga chidamliligi, tuproq biologiyasi va mikroblar xilma-xilligi sohasidagi tadqiqotlari uchun BMT tuzilmasi YUNESKOning mikrobiologiya bo‘yicha 2023-yilgi mazkur mukofotiga loyiq topildi.
Shuningdek, Dilfuza Egamberdiyeva Biologiya fakultetida «Stressli agro-ekotizimlardan sog‘lom oziq-ovqat ishlab chiqarish uchun yangi biochar va rizobakteriyalarga asoslangan bioinokulyat» nomli O‘zbekiston-Hindiston hamkorligi doirasida bajariladigan fundamental loyiha rahbari hamdir.

Scroll to Top