Bugun RSSU Oliy tibbiyot maktabi direktori o’rinbosari, Sankt-Peterburg davlat pediatriya universiteti professori – Vladimirova Oksana Nikolaevna, Urartu amaliy psixologiya va ijtimoiy ish universiteti prorektori – Bagdasaryan Gemma Samvelovna va «Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish jamg’armasi» rahbari – Suyunalieva Burulsun Sharsherovna O‘zbekiston MIlliy universitetiga tashrif buyurishdi.
Ma’lumki ushbu professorlar bilan ijtimoiy ish kafedrasi hamkorliklar qilib kelishadi. Tashrif buyuruvchilarning asosiy maqsadi O‘zbekiston MIlliy universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish, ayniqsa, himoya kengashlari tarkibiga professorlarni kiritish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarga rahbarlik qilish hamda xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar nashr etish va ijtimoiy himoya, inkluziv ta’lim sohalarida xalqaro konferensiyalar o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.
«Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish jamg’armasi» nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlik doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar va universitetning ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida yagona universitet siyosatini ishlab chiqish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy, kasbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi respublika va xalqaro qonunchilik hujjatlari ijrosini universitet tashkil etishdan iboratdir.
Uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda jadal hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.