Yoshlar Festivali

O’zbekiston Milliy universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish maqsadida hamda bahorning ilk kuni munosabati bilan ertaga, 1-mart soat 11.00 da «Yoshlar festivali» o’tkazilishini ma’lum qilamiz.
Mazkur festival doirasida “Havaskor gitara ishqibozlari” tanlovi, “Gulxan atrofida» ijodiy kechasi hamda ijodkorlar tanlovi, noodatiy musobaqa – “Shashlik day”, shuningdek, milliy liboslar va san’at asarlari ko‘rgazmasi, sport musobaqalari tashkil etilmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 4 800 000 so‘mni tashkil etgan “Shashlik day” musobaqasida 3 ta 1-, 3 ta 2-, 3 ta 3-o‘rin g’oliblari aniqlanib, taqdirlanadi. «Havaskor gitara ishqibozlari» hamda mushoira tanlovlari g‘oliblariga 700 000 so’m (1-o’rin), 500 000 so’m (2-o’rin) va 300 000 so’m (3-o’rin) miqdorda pul mukofoti ajratilgan.
Barcha O‘zMU talabalarini belgilangan vaqtda Rektorat binosining old maydonida kutib qolamiz.

Scroll to Top